Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy Ukraina bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini taklif qilmoqda

A A A
Xitoy Ukraina bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini taklif qilmoqda

Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina sammitida ishtirok etmaslikka qaror qilgan Xitoy o‘zining tinchlik rejasini rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida targ‘ib qila boshladi. Bu haqda Reuters ismi sir qolishini istagan diplomatlarga tayanib yozdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari boshqa davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillariga bu rejani targ‘ib qila boshlagan. Bundan tashqari, Pekinning Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey may oyida Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning Pekindagi elchixonalarida rasmiylar bilan uchrashgan.

Reuters xabariga ko‘ra, xorijiy davlatlar vakillari bilan suhbatda Xitoy Shveysariyadagi sammitni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanqid qilmagan, ammo ushbu sammit mojaroni uzaytiradi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Qayd qilinishicha, Xitoy shu tariqa Braziliya bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tinchlik rejasiga rivojlanayotgan mamlakatlarni jalb qilishga urinmoqda. Ushbu hujjat, jumladan, Rossiya va Ukraina ishtirokida xalqaro tinchlik konferensiyasini o‘tkazishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti 15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Lyusern yaqinidagi Byurgenstok kurortida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya sammitga taklif etilmagan, agar taklif etilgan taqdirda ham ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 07:28 14.06.2024. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!