Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoy Tayvanga qurol yetkazib berish to‘xtatilmasa, AQShga qarshi “kuchli choralar” qo‘llashini e’lon qildi

Xitoy Tayvanga qurol yetkazib berish to‘xtatilmasa, AQShga qarshi “kuchli choralar” qo‘llashini e’lon qildi

Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlarining Tayvanga qurol yetkazib berishiga keskin munosabat bildirib, bunga javoban "kuchli qarshi choralar" qabul qilishini e’lon qildi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qilishini ma’lum qildi.

Pekin Vashingtonni Tayvanga qurol yetkazib berishni darhol to‘xtatishga chaqirar ekan, uni o‘zining isyonkor provinsiyasi deb hisoblashini ta’kidladi.

Ushbu bayonot AQSh Davlat departamentining Taypeyga 385 million dollarlik qurol, jumladan, F-16 jangovar samolyotlari uchun ehtiyot qismlar va radiolokasiya tizimlarini sotishni ma’qullashi ortidan e’lon qilindi.

Shuningdek, Xitoy Tayvan prezidenti Lay Sindening Gavayidagi safarini ham keskin tanqid qildi. Uning AQShda yuqori darajada qabul qilinishi Pekin tomonidan Vashingtonga "jiddiy norozilik" bildirilishiga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 07:26. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!