Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy tashqi ishlar vaziri 10-13 avgust kunlari Singapur, Malayziya va Kambodjaga boradi

A A A
Xitoy tashqi ishlar vaziri 10-13 avgust kunlari Singapur, Malayziya va Kambodjaga boradi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 10-13 avgust kunlari Singapur, Malayziya va Kambodjaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi.

“Singapur va Malayziya tashqi ishlar vazirlari – Vivian Balakrishnan, Zambri Abdul Qodir, shuningdek, Kambodja Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Prak Sokxon, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, TIV rahbarining taklifiga binoan Vazir Van I 10-13 avgust kunlari ushbu mamlakatlarga tashrif buyuradi”, deyiladi xabarda.

Rasmiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bundan 10 yil avval Xitoy rahbari Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi loyihalarida faol ishtirok etmoqda. Uning ta’kidlashicha, Singapur, Malayziya va Kambodja Xitoy bilan hamkorlikni jadal rivojlantirayotgan muhim hamkorlardir.

Kiritildi: 15:01 09.08.2023. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!