Xitoy sun’iy orolda joylashgan dunyodagi eng katta aeroport qurishni boshladi.
Pekin sharqidagi sun’iy orolda qurilayotgan 20 km.kv maydonni egallagan Dalian Bay xalqaro aeroporti 4 ta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aeroport yiliga 540 mingta reyslar orqali 80 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi, million tonna yuklar tashiladi. 4,3 milliard dollarlik loyiha 2035 yilda qurib bitkaziladi.