Xitoyning “Shenchjou-22” kosmik apparati seshanba kuni Xitoy shimoli-g‘arbidagi Szyusyuan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan koinotga uchirildi, deya xabar beradi Sinxua.
Xitoyning insoniy kosmik parvozlar dasturi ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, kosmik kemani uchirish uchun Long March-2 °F Y22 raketasidan foydalanilgan.
Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, oktyabr oyida Xitoy kosmik stansiyasiga yetib kelgan “Shenchjou-21” kosmik kemasi ekipaji orbitada odatdagidek ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Shenchjou-20” kemasiga kosmik chiqindilar urilganidan keyin 5 noyabrga rejalashtirilgan ekipajning qaytishi ko‘chirilgan edi. 15 noyabrda barcha uch nafar xitoy taykonavti 204 kunlik missiyani yakunlab, eson-omon Yerga qaytdi.