Bugun 29 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlandi

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlandi

27 dekabr sanasi tarixiy kun sifatida mintaqamiz tarixida muxrlanadigan bo‘ldi.

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga start berildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Xitoyning Taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasi raisi Chjen Shansze rahbarligidagi delegasiyalar ishtirok etdi.

Marosim avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda XXR Raisi Si Szinpin tadbir ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari murojaatida aytilishicha, ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi.

Kelgusida ushbu temir iz Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikasiya tarmog‘ini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi.

Qoshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 bekat, 42 ko‘prik, 25 tonnel barpo etiladi. Bundan tashqari zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.

Mazkur yirik loyiha amalga oshirilishi shubhasiz, mamlakatlarimiz iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi. Pirvardida yuzlab yangi korxonalar, o‘n minglab ish o‘rinlari yaratiladi.

Kiritildi: 09:51 28.12.2024. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!