Kreml matbuot xizmati Rossiya va Ozarbayjon prezidentlarining suhbati haqida xabar berdi. Suhbat Rossiya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”. Vladimir Putin, Kremlga ko‘ra, “fojiali voqea Rossiya havo hududida yuz bergani uchun” Ilhom Aliyevdan uzr so‘ragan.
Aliyev bilan suhbat chog‘ida Putin 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchgan Ozarbayjon havo yo‘llari samolyoti ikki marta qo‘nishga uringanini ta’kidladi (Kecha Federal havo transporti agentligi rahbari bu haqda gapirdi). Putin shuningdek, samolyot qo‘nayotgan vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz aeroportlari Ukraina uchuvchisiz uchoqlari tomonidan hujumga uchraganini va Rossiya havo mudofaasi “bu hujumlarni qaytarganini” aytdi.
Kreml, shuningdek, Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xodimlari Grozniydagi rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda halokat sabablarini tekshirayotgani, Rossiya Tergov qo‘mitasi esa yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va ekspluatasiya qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgani haqida bayonot berdi.