Janubiy Koreyaning Muan aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatda deyarli barcha yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Bu haqda Yonhap agentligi ma’lum qildi.
Bangkokdan uchayotgan samolyot bortida 175 nafar yo‘lovchi (173 nafar Koreya Respublikasi va 2 nafar Tailand fuqarosi) va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot Jeju Air kompaniyasiga tegishli edi. Aeroport Cholla-Namdo provinsiyasining Muan okrugida joylashgan bo‘lib, Mokpxo va Kvanju shaharlari nisbatan yaqin joylashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat qushlar bilan to‘qnashuv natijasida qo‘nish moslamasining nosozligi tufayli yuz bergan. Ekipaj samolyotni fyuzelyajga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan, biroq samolyot tezligini pasaytira olmagan va uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiridagi konstruksiyaga urilib, yong‘inga sabab bo‘lgan.