Germaniya Rossiyaning "Oreshnik" o‘rta masofali raketa tizimiga qarshi "deyarli himoyasiz".
Bu haqda Germaniyaning Bild gazetasi Germaniya tashqi ishlar vazirligining ichki hujjatiga tayanib yozmoqda.
“Bunday nishonni tutib olishga faqat omad orqali erishish mumkin.
Germaniya Oreshnik hujumiga qarshi himoyasiz. Patriot tizimlari bilan qurollangan Bundesver hozirda bunday ballistik raketalardan samarali himoya vositalariga ega emas”, — deyiladi materialda.