Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

“Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi tasdiqlandi

“Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-247-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Xitoy Hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida “Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 6 iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Kiritildi: 10:42 10.07.2024. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!