Xitoy tabiiy ofatdan ogohlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalarida foydalaniladigan Huanjing Jianzai-2-06 sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporasiyasi xabar berdi.
Ushbu sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan o‘rmon va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer va suv resurslarini baholashda foydalaniladi.