Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Xitoy koinotda kasalxona qurmoqchi

Xitoy koinotda kasalxona qurmoqchi

Xitoy yuqori texnologiyali tibbiy uskunalarni orbitaga yuborish orqali "kosmosda kasalxona" qurish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish yo‘lida birinchi amaliy qadamni qo‘ydi, deb xabar beradi China Daily nashri.

Sinov dasturi 3 yil davom etadi. Uning asosiy maqsadi ekipajlar uchun sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va kosmik tibbiyotda ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirishdir.

Tibbiy yuklarni olib yuradigan raketa-tashuvchi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Szyusyuan sun’iy yo‘ldosh uchirish markazidan uchirildi. Loyiha Shenchjen ilg‘or texnologiyalar universiteti tomonidan Xitoy Fanlar akademiyasining mikrosun’iy yo‘ldosh innovasiyalari akademiyasi bilan hamkorlikda boshqariladi.

Ushbu tashabbus mikrogravitasiya, yuqori nurlanish sohasida samarali yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Universitet xodimi Chju Diszyan kosmik tadqiqotlarda global raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, ekipaj a’zolarining sog‘lig‘i milliy tadqiqotlar uchun ustuvor vazifaga aylanganini ta’kidladi.

Universitetning Klinik tibbiyot kolleji rahbari Syuy Chjiminning so‘zlariga ko‘ra, loyiha nafaqat professional kosmonavtlar, balki kelajakda tijorat kosmik parvozlari ishtirokchilari uchun ham foydali bo‘ladi.

Orbital tibbiy yordam tizimini joylashtirish tasdiqlangan milliy dastur doirasida muhim omilga aylanib bormoqda. Xitoy 2030 yilga borib Oyga ekipaj qo‘ndirishni rejalashtirmoqda va xususiy kosmik turizmni faol rivojlantirmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!