Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy janubidagi ko‘chki oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Xitoy janubidagi ko‘chki oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar beradi Xinhua.

Fojiali voqea yakshanba kuni ertalab soat 7:00 atrofida Gaozjou shahrining Pingtougan qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Tabiiy ofat tufayli uch qavatli bino qulab, vayronalar ostida yetti kishi qolib ketgan.

Qutqaruv guruhlari olti kishini topishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq tibbiy yordamga qaramay, ulardan uch nafari shifoxonada vafot etgan. Qolgan uch kishining ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 23:25 20.05.2025. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!