Xitoy rasmiylari AQShda ilovaga qo‘yilgan taqiq kuchga kirsa, TikTok'ni Ilon Maskga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg ma’lumotli manbalarga tayanib.
AQSh Oliy sudi Xitoyning ByteDance kompaniyasidan TikTok'ning AQShdagi faoliyatini 19-yanvarga qadar to‘xtatishni talab qiluvchi qonunni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qilmoqda. Ushbu sanadan keyin uchinchi tomon internet-provayderlari TikTok'ning AQShdagi operasiyalarini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun jarimaga tortiladi.
Pekin rasmiylari TikTok ByteDance kompaniyasiga tegishli bo‘lib qolishini istashadi, deydi odamlar va kompaniya bunga sud orqali erishishga harakat qilmoqda. Rasmiylar, shuningdek, Donald Tramp ma’muriyati bilan harakat rejalarini muhokama qilishni boshladilar, ulardan biri Maskni o‘z ichiga oladi, dedi manbalar. Pekinda muhokama qilingan ssenariylardan biriga ko‘ra, tadbirkorga tegishli bo‘lgan X ijtimoiy tarmog‘i TikTok'ning Amerika bo‘linmasi nazoratini o‘z qo‘liga oladi.