Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

A A A
Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi GAC kompaniyasi Xitoydan import qilinadigan tovarlarga Yevropa Ittifoqi tariflarini chetlab o‘tish uchun Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Reuters agentligi kompaniyaning xalqaro biznes bo‘yicha bosh menejeri Vey Xeganga tayanib yozishicha, GAC Yevropa bozorida hali mashina sotmaydi, biroq Parij avtosalonida yevropalik xaridorlar uchun moslashtirilgan elektr yo‘ltanlamasni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Konsern Yevropani Bryusselning Xitoy elektromobillariga yuqori tariflar joriy etish qaroriga qaramay, “nisbatan ochiqligicha qolayotgan” asosiy hududlardan biri sifatida ko‘radi.

"Ishlab chiqarishni Yevropada mahalliylashtirish bu muammoni hal qilish yo‘llaridan biri bo‘lishi mumkin", deydi Vey Xegan mavjud vaziyat haqida va kompaniya "bu imkoniyatni juda faol o‘rganayotganini" ta’kidlaydi.

GAC qo‘shimcha qildiki, bunday muhokamalar "dastlabki bosqichda". Shuningdek, kompaniya Yevropada o‘z zavodini qurish yoki mavjud zavodni sotib olish borasida hali qaror qabul qilgani yo‘q.

Reuters agentligining xabar berishicha, konserni Parijda taqdim etadigan Aion V deb nomlanadi, uning masofasi 520 km va kutilayotgan narxi kompaniya rejasiga ko‘ra, elektromobil Yevropa bozorida 2025 yil o‘rtalaridapaydo bo‘ladi.

Kiritildi: 15:06 14.10.2024. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!