Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy YEIga Rossiyaning Ukrainadagi urushda mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasligini ma’lum qildi — South China Morning Post

Xitoy YEIga Rossiyaning Ukrainadagi urushda mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasligini ma’lum qildi — South China Morning Post

Nashrning Pekin va Bryussel o‘rtasidagi muzokaralar bilan tanish bo‘lgan bir necha manbalariga ko‘ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Kaya Kallas bilan uchrashuvda XXR Rossiyaning Ukrainada mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasligi, chunki AQSh shundan so‘ng butun e’tiborini Xitoyga qaratishidan xavotirda ekanini bildirgan.

Shuningdek, Van I Xitoy Rossiyani urushda moddiy qo‘llab-quvvatlagani haqidagi ayblovlarni rad etdi.

"Biz Moskvaga na moliyaviy, na harbiy jihatdan yordam berdik. Agar Xitoy Rossiyaga yordam ko‘rsatganida, ushbu mojaro allaqachon yakunlangan bo‘lar edi", — deya ta’kidladi XXR TIV rahbari.

Kiritildi: 12:17 04.07.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!