Xitoy Xalq ozodlik armiyasi seshanba kuni Tayvanga 17 ta jangovar samolyot va beshta harbiy kema jo‘natdi, deyiladi orol mudofaa vazirligi kundalik hisobotida.
“Soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00) holatiga ko‘ra, Tayvan qurolli kuchlari Tayvan atrofidagi dengiz va havo bo‘shlig‘ida patrul xizmatini amalga oshirgan Xitoy Xalq ozodlik armiyasining 17 ta samolyoti va 5 ta kemasini aniqladi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 10 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining “o‘rta chizig‘i”ni kesib o‘tgan, jumladan, to‘rtta CU-30 qiruvchisi , uchta J-11, ikkita J-16 va bitta Y-8 elektron razvedka samolyoti.