Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShni harbiy ittifoqchilari bilan yadroviy quroldan birgalikda foydalanish masalasini muhokama qilishni to‘xtatishga va xorijda yadroviy qurol joylashtirishdan voz kechishga chaqirdi.
Bu haqda RIA Novosti Xitoy TIV ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Xitoy TIV bayonotida ta’kidlanishicha, yadroviy qurolga ega davlat sifatida AQSh Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning nufuzini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
«AQSh harbiy ittifoqchilari bilan yadroviy quroldan birgalikda foydalanish masalasini muhokama qilishni to‘xtatishi va xorijda yadroviy qurol joylashtirish imkoniyatidan voz kechishi kerak», — dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.