Nashrga ko‘ra, Xitoy razvedkasi Salt Typhoon kampaniyasi orqali AQSh Kongressining muhim qo‘mitalari xodimlarining elektron pochtalariga, shuningdek, amaldorlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlariga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. Hujumlar dekabr oyida aniqlangan.
AQSh rasmiylari tarmoqlarda zaifliklar mavjudligini tan olgan, biroq diplomatik sabablarga ko‘ra Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligiga qarshi sanksiyalarni joriy etishni kechiktirgan. Pekin esa bu ayblovlarni rad etmoqda.