Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy AQSh iqtisodiyotiga zarba berdi

A A A
Xitoy AQSh iqtisodiyotiga zarba berdi

Xitoy savdo-sotiq urushida Amerika iqtisodiyotiga zarba berishning yo‘lini topdi.

Ya’ni soya ishlab chiqarish bo‘yicha yirik Amerika kompaniyasi bo‘lmish «Bunge Ltd.» vakili Soren Shrederning so‘zlariga ko‘ra, importyorlari «Amerika eksportida tuynuk hosil qilishmoqchi».

Bunga misol qilib xitoyliklarning Amerika cho‘chqa go‘shti, soya va makkajo‘xorisini sotib olishni rad etganini keltirish mumkin.

Yaqinda Donald Tramp administrasiyasi Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha soliq turini joriy etgan edi. Mazkur hodisa shuning natijasida yuzaga keldi.

Amerikaliklarning o‘zi ham bu natijadan rozi emas. Chunki Trampning o‘zi ham bir necha marta Si Szinpin uning do‘sti ekanligini takidlagan.

The Wall Street Journal

Kiritildi: 03:56 22.05.2018. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik