Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy AQSh bilan "g‘alabagacha kurashishga" tayyorligini e’lon qildi

Xitoy AQSh bilan "g‘alabagacha kurashishga" tayyorligini e’lon qildi

Xitoy AQSh bilan savdo urushida "g‘alabagacha kurashishga" tayyorligini e’lon qildi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Tramp ma’muriyati tomonidan kiritilgan boj to‘lovlariga javoban keskin bayonot berdi. Mazkur bayonotda qayd etishicha, Pekin nafaqat o‘z manfaatlarini, balki butun dunyo manfaatlarini himoya qiladi.

"Savdo tariflari urushida g‘oliblar bo‘lmaydi, XXR urushni xohlamaydi, lekin kurashishdan ham qo‘rqmaydi. Xitoy o‘z xalqini qonuniy huquq va manfaatlaridan mahrum qilishlariga jim qarab turmaydi. AQSh bojlar joriy etish orqali butun dunyoga qarshi chiqadi va qarama-qarshilikka kirishadi. Vashington bunday harakatlar bilan xalq ishonchini yo‘qotadi va muvaffaqiyasizlikka uchraydi. Qo‘shma Shtatlarning iqtisodiy majburlash yo‘lidan borayotgan siyosatiga qarshilik ko‘rsatish nafaqat Pekinning rivojlanish manfaatlarini himoya qilish, balki xalqaro adolat uchun kurash hamdir," deyiladi XXR vakillarining bayonotida.

Kiritildi: 18:06 10.04.2025. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!