“Xelen” to‘foni Florida qirg‘oqlariga kelib, Jorjiya va Janubiy Karolina tomon yo‘l oldi, qurbonlar bor, deb xabar beradi NBC News.
4-toifali dovul Florida shimolidagi Big-Bend mintaqasida maksimal shamol tezligi 140 milya (225,3 km/soat) ni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, to‘lqinlar balandligi 20 futga (6 metr) yetgan. Milliy okean xizmatining Levi okrugidagi Sidar-Kidagi suv oqimi o‘lchagichi suv sathi o‘rtacha 8,68 fut (2,6 metr) dan yuqori bo‘lganini ma’lum qildi, bu esa shtatda suv toshqiniga sabab bo‘ldi.
Floridaning 67 ta okrugidan 61 tasida favqulodda holat e’lon qilingan, bir qancha okruglarda evakuasiya qilish haqida buyruq berilgan.
«Power Outage.us» saytiga ko‘ra, Floridada 1 036 553 ta uy va korxona elektr ta’minotisiz qolgan. Eng ko‘p uzilishlar Fors ko‘rfazi qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan.
Dovullar bo‘yicha milliy markaz ma’lumotlariga ko‘ra, Florida shtatidagi Perri-Foli aeroportida 99 milya (159 km/soat) shamol tezligi qayd etilgan.
Florida shtatining Tampa shahrida bir haydovchi mashinasiga belgi qulashi oqibatida vafot etdi.
Dovul janubiy Jorjiya tomon yo‘l oldi va maksimal shamol tezligi soatiga 110 milni tashkil etadi, bu uni 2-toifali «Saffir-Simpson» dovuliga aylantiradi.
Jorjiya janubidagi Valdosta, Tomasvill va Kuitman shaharlari "ekstremal shamoldan ogohlantirish" ostida. Aholiga zudlik bilan yopiq joylarga yoki boshpanalarga ko‘chish tavsiya etiladi.
Jorjiya shtatining Uiler okrugida kuchli shamol ko‘chma uyni ag‘darib yuborishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Prezident Jo Bayden Janubiy Karolinada favqulodda holat e’lon qilishni ma’qulladi va shtatga 40 dan ortiq okruglarda "Xelen" to‘foni oqibatlarini bartaraf etish uchun federal resurs ajratishni buyurdi.