"Barselona" afsonasi Xavi MLS chempioni "Inter Mayami"ni boshqarish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Xavi yana murabbiylik faoliyatini tiklashi mumkin. "Inter Mayami"ning amaldagi murabbiyi Xerardo Martino esa oilaviy sabablarga ko‘ra jamoani tark etishga majbur bo‘lganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Xavining so‘nggi ish joyi "Barselona" bo‘lgan. U Kataloniya klubini o‘tgan mavsum yakunida tark etgandi.