Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Xatirchida hokim yordamchisi o‘z xizmati uchun 10 mln. so‘m pora olgan vaqtida ushlanadi

Xatirchida hokim yordamchisi o‘z xizmati uchun 10 mln. so‘m pora olgan vaqtida ushlanadi

Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari fuqaroga Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida bankdan 100 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i olib berish evaziga 20 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi o‘z xizmati uchun 10 mln. so‘m hamda Xatirchi tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki mutaxassisi esa tegishli hujjatlarni tayyorlab, kredit mablag‘i ajratib berish evaziga 2 mln. so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:54 05.11.2024. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!