Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xarri Keyn afsonaviy Peleni ortda qoldirdi

A A A
Xarri Keyn afsonaviy Peleni ortda qoldirdi

Xarri Keyn terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha Peleni ortda qoldirdi.

Angliya terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 saralashida Albaniyaga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etdi.

Endilikda Keyn terma jamoa safida 112 ta o‘yinda 78 ta gol urgan. Angliyalik futbolchi terma jamoa to‘purarlari ro‘yxatida Braziliya terma jamoasi safida 77 ta gol urgan Peleni ortda qoldirib, 12-o‘ringa ko‘tarildi. Terma jamoalarning eng yaxshi to‘purari Krishtianu Ronaldu bo‘lib, uning hisobida Portugaliya safida 143 ta gol bor.

Kiritildi: 09:02 17.11.2025. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!