AQSh prezidentining o‘g‘li 1,4 million dollar soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Kazinform agentligi Euronewsga tayanib xabar beradi.
Xanter Baydenga yangi ayblovlar qo‘yilmoqda, jumladan, uchta jinoiy ish va oltita huquqbuzarlik. Ularning barchasi soliq to‘lash bilan bog‘liq.
Ayblovlarga ko‘ra, AQSh prezidentining o‘g‘li 2016—2019 yillarda davlat g‘aznasidan 1,4 million dollar qarzdor bo‘lgan.
Agar u aybdor deb topilsa, 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Maxsus advokat Devid Uayssning so‘zlariga ko‘ra, Xanter “soliqlar o‘rniga ekstravagant turmush tarziga millionlab dollar sarflagan”.
Hujjatda aytilishicha, Ukraina ishlab chiqarish konglomerati direktorlar kengashi va Xitoyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya fondidan ishlab topgan o‘sha yillardagi daromadi oz bo‘lmagan.
Prezident Jo Baydenning o‘g‘li Xanter 2018 yilda qurol sotib olish chog‘ida uchta yolg‘on ma’lumot bo‘yicha ayblangani haqida avval xabar bergan edik.