AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter 20 million dollardan ortiq qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab, Kaliforniyada kreditorlardan yashirinib yuribdi.
«U Los-Anjelesdan ikki soatlik masofada, shimolda joylashgan Santa-Inezdagi 8 ming akr maydonga ega hashamatli hovliga joylashib olgan», — deb yozadi «New York Post» gazetasi o‘z manbalariga tayanib.
Shu bilan birga, maqolada aytilishicha, kichik Bayden puli yo‘qligi sababli Janubiy Afrikada yashayotganini da’vo qilmoqda. Biroq, nashrning ta’kidlashicha, bu shunchaki hisoblarni to‘lamaslik uchun o‘ylab topilgan hiyladir.