Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

XAMAS bilan jang boshlangandan beri Isroilning 1000 nafarga yaqin askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi

XAMAS bilan jang boshlangandan beri Isroilning 1000 nafarga yaqin askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi

2023 yil 7 oktyabrda mojaro avj ola boshlaganidan beri Isroil mudofaa kuchlarining 842 nafar askari Falastinning XAMAS harakati bilan janglarda halok bo‘ldi.

Bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Isroil armiyasi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yahudiy davlati harbiylari o‘tgan haftadan beri terrorga qarshi operasiya olib borayotgan G‘arbiy Sohilda payshanba kuni janglarda yana bir isroillik askari halok bo‘lgan. Jenin shahrida falastinlik qarshilik jangchilari bilan otishmada 20 yoshli katta serjant halok bo‘ldi, yana besh askar yaralandi.

Kiritildi: 11:28 31.01.2025. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!