Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning aytishicha, Isroil Eron hududiga zarba berishni noto‘g‘ri hisoblagan.
"Sionistlar Eron haqida noto‘g‘ri hisob-kitob qilishdi. Ular Eronni bilishmaydi. Ular Eron xalqining kuchi, tashabbusi va qat’iyatini haligacha to‘g‘ri baholay olishmadi. Ular buni tushunishlari kerak", - dedi Xomanaiy.