Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi A.M. mehnat migranti sifatida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan vaqtda, O‘zbekistonda ta’qiqlangan “Sodiq Samarqandiy”, “Abdulla Zufar” kabi shaxslarning ma’ruzalarini eshitib, diniy ekstremistik g‘oyalarga moyil bo‘ladi.
📲U “Telegram” messenjerida arab yozuvida nomlangan yopiq guruhda virtual jamoat tuzib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqiqlangan “Islom davlati Xuroson viloyati” xalqaro terroristik tashkiloti materiallarini tarqatgan.
Shuningdek, xorijdagi ekstremistik oqim vakillari bilan bog‘lanib, ulardan ta’qiqlangan ta’limotlarni olgan va kelgusida terakt sodir qilib, o‘zini portlatishni maqsad qilgan.
🔻 DXX va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida A.M.ning jinoiy harakatlari fosh etildi.
⚖️ Natijada, jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi tomonidan u O‘zbekiston Respublikasi JKning:
- 244-2-moddasi 1-qismi (“Diniy ekstremistik, separatistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish”),
- 155-1-moddasi 1-qismi (“Terrorchilik harakatlari haqida xabar qilmaslik”) bilan aybli deb topilib, 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
🛑 Shunday ekan, diniy ekstremizm va terrorizm mudhish jinoyat ekanini, bu yo‘lga kirgan har qanday shaxs javobgarlikdan qocha olmasligini unutmang!
⚡️ Ogoh bo‘ling – safsataboz da’vatlarga ishonib, taqdiringizni barbod qilmang!