Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Xalqaro sud Eronning muzlatilgan pullarni qaytarib olish haqidagi da’vosini rad etdi

A A A
Xalqaro sud Eronning muzlatilgan pullarni qaytarib olish haqidagi da’vosini rad etdi

BMT Xalqaro sudi Tehronning 1983 yilda Livandagi portlash va Eron bilan bog‘liq boshqa hujumlar qurbonlariga kompensasiya to‘lash uchun AQSh rasmiylari tomonidan muzlatib qo‘yilgan Eron Markaziy bankining 2 milliard dollarga yaqin aktivlarini ozod qilish haqidagi da’vosini rad etdi.

10 ga 5 ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorda Xalqaro Sud Eron markaziy banki bilan bog‘liq da’vo bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega emasligini aytdi.

67 sahifalik murakkab hukmda sud AQShning Eron va Eronning Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarini muzlatish bo‘yicha boshqa ba’zi harakatlari davlatlar o‘rtasida 1955 yilda tuzilgan shartnomani buzgan degan xulosaga keldi va ular tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralar olib borishlari kerakligini aytdi. Agar kelishuvga erisha olmasalar, qaror qabul qilish uchun Gaagadagi sudga murojaat qilishlar kerak.

AQSh Xalqaro sud qarorini olqishladi.

Kiritildi: 04:50 31.03.2023. O'qildi: 1661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!