Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi forum doirasida Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilindi.
"Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirib bormoqdamiz, bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.