Fransiya va Shvesiya Yevropa komissiyasini Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Isroil aholi punktlaridan keltiriladigan tovarlar importini qattiqroq nazorat qilishga va ularga nisbatan bojxona to‘lovlarini joriy etishga chaqirdi.
Bu haqda Euractiv nashri xabar bermoqda.
«Fransiya va Shvesiya Yevropa komissiyasini Isroilning noqonuniy aholi punktlariga nisbatan choralarni kuchaytirishga chaqirmoqda», — deb yozadi nashr ichki hujjatga tayangan holda.
Mazkur davlatlar shu yo‘l bilan Isroilga bosim o‘tkazib, aholi punktlarining jadal kengayishini cheklashga umid qilmoqdalar.