SpaceX kompaniyasining Crew Dragon uchuvchisiz kosmik kemasi 19 mart kuni Yerga qaytdi. Crew Dragon Florida shtati qirg‘oqlari yaqinida suvga qo‘ndi. Uning bortida NASA astronavtlari Nik Heyg, Barri Uilmore, Sunit Uilyams va rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov bor edi.
NASA astronavtlari Uilyams va Uilmore 2024 yil iyunidan beri Xalqaro kosmik stansiyada edi. Ular XKSga AQShning Starliner kosmik kemasida yetib borishgandi. Astronavtlar XKSda bir haftadan ko‘proq vaqt o‘tkazishni rejalashtirishgan edi, biroq Starliner'dagi nosozliklar tufayli ularning missiyasi to‘qqiz oydan ko‘proq vaqtga cho‘zilib ketdi.