Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xalqaro jinoyat sudi rasmiy ravishda Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olish orderini bajarmaganlikda aybladi

Xalqaro jinoyat sudi rasmiy ravishda Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olish orderini bajarmaganlikda aybladi

"Mo‘g‘uliston Putinni o‘z hududida bo‘lgan vaqtida hibsga olmadi va uni sudga topshirmadi. Mamlakat mazkur harakatlari bilan sudning bu borada hamkorlik qilish to‘g‘risidagi iltimosini bajarmadi, bu esa Rim statuti qoidalariga zid keladi", deyiladi Xalqaro jinoiy sud veb-saytidagi sudning dastlabki tergov palatasining qarorida.

Gaagadagi sud palatasi, shuningdek, har qanday shaxsning diplomatik daxlsizligi, jumladan, davlat rahbarlarining daxlsizligi xalqaro sud qarorini bajarishga to‘siq bo‘la olmasligini ta’kidladi. "Mo‘g‘ulistonning sud bilan hamkorlik qilmasligi darajasidan kelib chiqqan holda Ulan-Batorga nisbatan XJSning keyingi harakatlari XJSga a’zo davlatlar assambleyasi tomonidan belgilanadi", deb yozilgan press-relizda.

Vladimir Putin 2024 yil sentyabr oyi boshida Mo‘g‘ulistonga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan borib, Mo‘g‘uliston rahbari bilan Rossiya Federasiyasidan neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi. Putinni hibsga olish orderi esa 2023 yilning mart oyida berilgan.

Kiritildi: 22:25 25.10.2024. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!