Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xalqaro jinoiy sud prokurori Netanyaxuni zudlik bilan hibsga olishni talab qildi

Xalqaro jinoiy sud prokurori Netanyaxuni zudlik bilan hibsga olishni talab qildi

Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon sudyalardan uning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish haqidagi iltimosini zudlik bilan hal qilishni talab qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyatda XJS barcha zarur vakolatlarga ega. U sudyalarni Netanyaxuni, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni, shuningdek, Falastinning XAMAS tashkilotining uchta rahbarini hibsga olish haqidagi iltimosini «shoshilinch» hal qilishga chaqirdi. XAMAS rahbarlaridan ikkitasi - Ismoil Haniya va Muhammad Deif Isroil mudofaa kuchlari tomonidan o‘ldirilgan.

Prokuror 2024 yil may oyida tegishli so‘rov bilan chiqqan edi. Uning fikricha, Isroil hukumati rasmiylari kamida 2023 yil 8 oktyabrdan boshlab G‘azo sektoridagi janglar paytida ID harbiy jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 04:00 24.08.2024. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!