Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Xalqaro IT sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash bo‘yicha “IT-istedod” portali ishga tushirildi

A A A
Xalqaro IT sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash bo‘yicha “IT-istedod” portali ishga tushirildi

Xalqaro IT sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash bo‘yicha “IT-istedod” portali ishga tushirildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Raqamli texnologiyalar vazirligi vazir maslahatchisi Fazliddin Anvarov ma’lum qildi:

Xalqaro IT sertifikatini olish uchun qatnashgan jami yoshlar soni 1600 nafardan ortiq bo‘lib, shundan:

735 nafar yoshlarga jami 1 mlrd. so‘m dan ortiq xarajatlari qoplab berilgan. Jumladan, 2023 yil hozirgi kunga qadar 285 nafar yoshlarga jami 618,3 mln.so‘m miqdorida xarajatlar qoplab berildi.

Aholini raqamli ko‘nikmalarini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha 205 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ularda hozirgi kunga qadar 195 ming nafardan ortiq tinglovchilar malakasini oshirdi. Shundan, 39 ming nafardan ortig‘i davlat xizmatchilaridir.

Iqtidorli yoshlarni saralash, qo‘shimcha o‘qitish hamda xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash tizimini joriy etish va zamonaviy IT kasblarga o‘qitish tizimi “IT Skills” tizimini yaratish choralari qo‘rilmoqda.

Bunda, har yili 50 ming nafardan ortiq IT ga qiziquvchi yoshlarning bazasi yaratiladi, 5 ming nafar iqtidorli yoshlar bilim va ko‘nikmalari oshirilib, xalqaro mehnat bozoriga tayyorlanadi.

Kiritildi: 20:46 04.12.2023. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!