Xalqaro Energetika agentligi: Kelayotgan qish Ukraina uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Xalqaro energetika agentligi hisobotiga ko‘ra, qishda Ukrainada energiya ta’minoti taqchilligi olti gigavattga yetishi mumkin.
"Bu Daniyaning yillik energiya ta’minotining eng yuqori talabiga teng", — deydi ekspertlar.
Hisobotda aytilishicha, 2022 va 2023 yillarda Ukraina elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining qariyb yarmi Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingani, vayron bo‘lgani yoki jiddiy zarar ko‘rgani sababli vaziyat murakkablashdi. Agentlik Yevropa davlatlarini Kiyevni shikastlangan energetika ob’ektlarini tiklash va qishda Ukrainaga elektr, gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun zarur uskunalar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlashga chaqirdi.