“So‘nggi mavjud sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga asoslanib, Xalqaro atom energiyasi agentligi yaqinda Natanzdagi yer osti yadro yonilg‘isini boyitish zavodining kirish binolariga zarar yetganini tasdiqlay oladi. Radioaktiv oqibatlar kutilmaydi va iyun oyidagi mojaro davrida jiddiy shikastlangan zavodning o‘ziga qo‘shimcha zarar yetgani aniqlanmadi”, deyiladi agentlik bayonotida.
O‘tgan yozda AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu ob’ekt yo‘q qilinganini aytgandi.