Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Xalq banki" Zomin filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini otib qo‘ydi

A A A
"Xalq banki" Zomin filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini otib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi banklardan birining boshqaruvchisi o‘z xodimini otib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 16 sentyabr kuni soat 22:30 larda Zomin tumani “Taraqqiyot” MFYda yashovchi “Xalq banki” Zomin filiali boshqaruvchisi N.M. yashash xonadoni oldida “Xalq banki” Zomin filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan N.J. bilan o‘zaro tortishib janjallashgan. Oqibatda bank boshqaruvchisi N.M. sport (tir) qurolidan bir marotaba otib, N.J.ga tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng N.J. ko‘krak qafasining chap yon qismi yuza jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:00 17.09.2022. O'qildi: 4783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!