Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvda "Atletiko" ustozi Diyego Simeonening xatti-harakatlariga munosabat bildirdi.
Alonso As nashriga bergan intervyusida raqib jamoa futbolchilariga doim hurmat bilan munosabatda bo‘lishga harakat qilishini, odatda ular bilan bahsga kirishmasligini ta’kidladi. Mutaxassis, shuningdek, Simeonening Vinisius Junior haqida aytgan so‘zlari unga yoqmaganini qayd etdi.
Bu sportga xos xulq-atvorning eng yaxshi namunasi emas. Raqibni hurmat qilish kerak. Futbol maydonida sodir bo‘layotgan holatlarning ham o‘z chegarasi bor", — dedi Alonso.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv davomida Diyego Simeone Vinisius Junior bilan tortishib qolgan. "Atletiko" murabbiyi braziliyalik futbolchiga "Real" prezidenti Florentino Peres uni sotib yuborishini aytib, murojaat qilgan.
Yakunda "qaymoqranglar" "matraschilar"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi.