Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Xabi Alonso "Liverpul"ni boshqarishga tayyor!

Xabi Alonso "Liverpul"ni boshqarishga tayyor!

"Bayer" va "Real" sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso mersisaydliklar ustoziga aylanishi mumkin.

Bu haqda Indykaila News o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis o‘z kuchiga ishonmoqda va "Liverpul"ning amaldagi tarkibi bilan jahon darajasidagi jamoa tuza olishiga ko‘zi yetmoqda. Hozircha "qizillar" rahbariyati tomonidan Alonsoga rasmiy taklif bo‘lganmi yoki yo‘q — bunisi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2025 yilning yozidan beri "Real"da ishlab kelayotgan edi, biroq yaqindagina iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini boshqa bir sobiq madridlik Alvaro Arbeloa egalladi. Hozirda "Real" La Liga turnir jadvalida 20 o‘yindan so‘ng 48 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:51 21.01.2026. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!