Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xabarovsk o‘lkasida qalin qor yog‘di

A A A
Xabarovsk o‘lkasida qalin qor yog‘di

Xabarovsk o‘lkasiga 22 noyabr kuni yopirilgan qalin qor sikloni oqibatida avtomobil va aviasiya transporti harakati buzildi.
Bir necha trassalarda yo‘lovchi avtobuslar qatnovi cheklandi, Moskva, Yujno-Saxalinsk, Irkutsk va boshqa shaharlardan Xabarvsk tomon yo‘l olgan oltita yo‘lovchi samolyotlari boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Xabarovsk - Birobidjan, Xabarovsk - Lidoga - Vanino va Xabarovsk - Bikin yo‘nalishlarida avtobuslar harakati vaqtincha cheklandi.
Yo‘llarda yengil avtomobillar harakatlanishida ham muammolar kuzatilmoqda. Ularga yordam berish uchun FVVning Amur qutqaruv markazining qidiruv-qutqaruv otryadlari navbatchiligi tashkil qilingan.

Kiritildi: 16:27 24.11.2021. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!