NYT nashrining yozishicha, hujum nishoni Netanz shahrida joylashgan Eron yadro dasturining “yuragi” bo‘lishi mumkin. Isroil matbuoti javob hujumining ehtimoliy nishonlari orasida Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy ham borligini qayd etadi.
"Qo‘shma Shtatlar Isroilga Eronning raketa hujumlariga javob berish rejalarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Biroq Vashington javob harakatlari muvozanatli va puxta o‘ylangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi", deb yozadi Axios.