Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming so‘m etib belgilangan.
Ammo umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrug‘i sentyabr oyida imzolanadi. Shundan kelib chiqib, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa rasman 2024 yil 1oktyabrdan boshlab oshiriladi, ya’ni 1 mln 155 ming so‘m hisoblanadi.
Hozirgi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming so‘mni tashkil etib, uning 50 foizi miqdori 525 ming so‘mni tashkil etadi.
Shu sababli, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrug‘i sentyabr oyida imzolanishini inobatga olgan holda mukofot puli miqdorini 525 ming so‘m bo‘lishi mumkin.