Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

WLM: O‘zbekistonda xalqaro fototanlov boshlandi

A A A
WLM: O‘zbekistonda xalqaro fototanlov boshlandi

2023 yil 1 oktyabrda O‘zbekistonda «Wiki loves monuments» (Viki yodgorliklarni sevadi) yodgorliklarni sevadi xalqaro fototanlovi boshlandi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston tanlovda ilk bor ishtirok etmoqda.

«Wiki loves monuments» (WLM) — sentyabr-oktyabr oylarida turli mamlakatlardagi Vikimediachilar tomonidan o‘tkaziladigan yillik xalqaro fototanlov. Maqsad tarixiy me’moriy merosga e’tibor qaratishdir.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2023 yil 1 oktyabrdan 31 oktyabrgacha O‘zbekistonning madaniy meros ob’ektlarini suratga olishingiz va ularni «Wikimedia Commons»ga yuklashingiz kerak.

O‘zbekistonning tanlovda ishtirok etishidan maqsad respublikaning madaniy merosiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilish va turizmni rivojlantirishdan iborat. Tanlovning Respublika bosqichi O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, «Vikimedia» fondi va UNESCO ko‘magida Rossiyaning «VikiGid» jamiyati a’zolari bilan birgalikda o‘zbekzabon vikimediachilar guruhi tomonidan tashkil etildi.

Eng yaxshi fotosurat mualliflari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovning O‘zbekistonda o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida o‘tkazilishi shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Xalqaro tanlovda ishtirok etuvchi mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati bilan esa mana bu havola orqali tanishasiz.

Kiritildi: 17:10 04.10.2023. O'qildi: 2202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!