Butun dunyoda eng ommalashgan messenjerlar hisoblanuvchi WhatsApp va Facebook Messenger ikkalasi ham Mark Sukerbergning kompaniyasiga tegishli. Lekin ularga munosib raqobatchi bo‘lgan boshqa bir ilova ham «kuchayib» borayotir.
Facebook kompaniyasining 2018 yil uchinchi choragi uchun hisoboti e’lon qilinganidan so‘ng Mark Sukerberg tahlilchilar va jurnalistlar bilan suhbatlashdi. O‘shanda uning tan olib aytishicha, Facebook Messenger hamda WhatsApp ilovalarining asosiy raqibi iMessage messenjeri hisoblanadi.
Sukerbergga ko‘ra, ushbu uchta ilova Yevropa messenjerlar bozorining yetakchilaridir. Bu yerda ularning ommalashuvi deyarli bir xil darajada, chunki Android hamda iOS tizimli mobil qurilmalar Yevropada bir xil sotiladi. Ammo AQSh bozorida iMessage so‘zsiz yetakchiga aylanib olgan, bunga esa Apple gadjetlarining ommaviyligi sababchidir.
Manba: terabayt.uz