Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

WBO Oriental chempioni Olimjon Nazarov yana bir kamar uchun jang qiladi

WBO Oriental chempioni Olimjon Nazarov yana bir kamar uchun jang qiladi

O‘ta yengil vazn toifasidagi professional bokschimiz, WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (30-5-0)ning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 5 may kuni Koreya Respublikasining Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Nazarovga o‘sha kuni tailandlik Saravut Jiamtong (11-4-0) raqiblik qiladi.

Ahamiyatlisi, 12 raundga mo‘ljallangan jang o‘ta yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan WBO International kamari uchun o‘tkaziladi. Bu jangdagi g‘alaba orqali Olimjon o‘z kamarlari sonini 2 taga yetkazib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Olimjon Nazarov so‘nggi jangini 13 yanvar kuni Vulan Tuolehaziga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 07:29 03.04.2024. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!