Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

WBA reytingi yangilandi. O‘zbek bokschilarining o‘rni qanday?

A A A
WBA reytingi yangilandi. O‘zbek bokschilarining o‘rni qanday?

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) professional bokschilarning reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilarda katta o‘zgarishlar qayd etilgani yo‘q. Faqatgina Hasanboy Do‘smatov 1 pog‘ona pastladi.

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 2-o‘rin (o‘tgan oyda 1-o‘rin edi;)

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - vaqtinchalik chempion;

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - 4-o‘rin (o‘tgan oyda ham 4-o‘rinda edi);

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 3-o‘rin (o‘tgan oy ham 3-o‘rinda edi).

Kiritildi: 17:10 04.02.2025. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!