Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Volodimir Zelenskiy: Men faqat bitta rossiyalik bilan uchrashaman – bu Putin

Volodimir Zelenskiy: Men faqat bitta rossiyalik bilan uchrashaman – bu Putin

Ukraina prezidenti bu haqda Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ Biz Tramp va Yevropa bilan umumiy reja ishlab chiqqanimizdan keyin Putin bilan o‘tirib, urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokara o‘tkazsak bo‘ladi;

◾️ Eng muhimi – Yevropa va AQSh o‘rtasidagi birdamlikni yo‘qotmaslik. Bizsiz va Yevropasiz kelishuvga erishish yaxshi fikr emas. Umid qilamanki, Trampning bunday niyati yo‘q;

◾️ Bizga AQShning doimiy va kuchli yordami zarur, Tramp biz tarafda;

◾️ Men tarixga Putinga o‘z yurtini bosib olishiga yordam bergan odam sifatida kirishni istamayman;

◾️ Putin bilan to‘laqonli o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha gaplashganmiz, lekin u harbiy asirlarni almashmadi. Putin yolg‘onchi;

◾️ Agar biz NATO'da bo‘lmasak, unda biz NATO'ni Ukrainada quramiz. NATO a’zosi bo‘lmasak, 1,5 million kishilik armiya bizning haqiqiy xavfsizlik kafolatimiz bo‘ladi;

◾️ AQSh hech qachon bizni NATO'da ko‘rishni xohlamagan;

◾️ Biz Yevropada harbiy qudratni oshirishimiz kerak, qurol ishlab chiqarishni oshirishimiz shart;

◾️ Rossiyaga qarshi turishimiz uchun bizga 200 dan ortiq brigada zarur. Hozir Yevropada 82 ta, Ukrainada esa 110 ta brigada bor. Hattoki birgalikda ham bizda Rossiyadan kamroq brigada bor. Rossiyada 220 ta jangovar brigada mavjud;

◾️ AQSh vise-prezidenti Vens bilan uchrashishga tayyorman. Hozircha barcha hujjatlarni imzolashga tayyor emasman, lekin Ukrainaning tabiiy resurslaridan foydalanish bo‘yicha bitimni muhokama qilishga tayyorman.

Kiritildi: 21:51 14.02.2025. O'qildi: 1702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!